Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kot-d'Ivuarda yangi tartibsizliklar boshlandi
Foto: Twitter .com @congoflash1
Kot-d'Ivuarning ma'muriy poytaxti Yamusukroda harbiylar ishtirokida yangi tartibsizliklar boshlandi. Bu haqda guvohlarga iqtibos keltirgan holda "Frans Press" axborot agentligi xabar bermoqda.
Mahalliy aholining aytishicha, harbiylar shahar bo‘ylab yurib, havoga o‘q uzmoqdalar va begona avtomobillarni olib qochmoqdalar.
Ma'lum qilinishicha, shunday voqealar Daloa va Man shaharlarida ham yuz bermoqda.
O‘tgan haftada harbiy xizmatdan bo‘shatilgan harbiylar qurol-aslaha omborlarini qo‘lga olib, Buake shahri ustidan nazorat o‘rnatgandilar. Daloa va Korxogo shaharlarida xizmatni o‘tayotgan harbiylar ishtirokida ham isyonlar ko‘tarilgan. Harbiylar maoshlari oshirilishi va turmush tarzlari yaxshilanishini talab qilishgan.
14 yanvarda isyonchilar va mamlakat hukumati kelishuvga erishganlari ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
08:58 / 20.05.2026
NATO: AQSh harbiylarining qisqarishi xavf tug‘dirmaydi
16:11 / 02.05.2026
“Tasalli beruvchi ayollar” maskani - yapon harbiylari qancha qiz-ayolni jinsiy qullikka mahkum etgandi?
08:41 / 15.04.2026
O‘zbekiston va Hindiston harbiylari qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi
14:37 / 21.03.2026