Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Obama bilan noyabrdayoq xayrlashib bo‘lgani ma'lum qilindi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQShning ketayotgan prezidenti Barak Obama noyabrda Perudagi oxirgi uchrashuvlarida bir-birlariga minnatdorchilik bildirishgan va hozircha ular o‘rtasida yangi aloqalar rejalashtirilmagan. Bu haqda Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.
"Ular bir-birlariga birgalikdagi ish uchun minnatdorchilik bildirishgan, bu ularning so‘nggi shaxsiy uchrashuvlari bo‘ldi (2016 yil noyabrda Perudagi OTII sammitida) va bu uchrashuvda ular bir-birlari bilan xayrlashganlar. Hozircha boshqa o‘zaro aloqalar rejalashtirilmagan", deb ma'lum qildi Peskov.
Obama prezidentlik kursisini 20 yanvarda Donald Trampga topshiradi.
Mavzuga oid
17:52
Rossiya va Ukraina o‘rtasida «pasxa sulhi» e’lon qilindi
10:55
Rossiya “sovet xalqi genotsidi”ni inkor etganlik uchun jazo joriy qildi
18:40 / 27.03.2026
OAV: Putin oligarxlarga urushni moliyalashtirishni taklif qildi
17:34 / 24.03.2026