Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada kurd partiyasi rahbariga 142 yillik qamoq jazosi talab qilindi
Turkiyaning janubi-sharqida joylashgan Diyorbakir shahri prokuraturasi Xalq demokratik partiyasi (XDP) hamraislari Salohiddin Demirtosh va Figen Yuksakdog‘larni 142 va 83 yillik qamoq jazosiga hukm qilishni talab qilgan. Bu haqida 17 yanvar, seshanba kuni Turkiyaning NTV telekanali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, siyosatchilar terrorchi tashkilot targ‘iboti va hukumat harakatlaridan norozilikni avj oldirishda ayblanishmoqda.
2016 yilning 4 noyabrida turk prokuraturasi so‘rovnomasiga ko‘ra, mamlakatning XDP partiyasi 15 deputati qo‘lga olingan, hukumat ularni Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) bilan aloqadorlikda ayblagan. Keyinchalik 11 deputat, shu jumladan Demirtosh va Yuksakdog‘ hibsga olingan.
Ekspertlarning fikricha, Erdo‘g‘anning asosiy maqsadi - parlamentdan ikki muxolifat partiya (XDP va Xalq-respublika partiyasi) deputatlarini yo‘qotish.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026