Özbekistonda davlat mulkini xususiylaştiriş jarayoni yengillaştirildi.

Özbekiston Respublikasining Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi sayti xabariga köra, 17 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati va xususiy mulkni yanada rivojlantiriş, davlat mulki obektlarini sotişni soddalaştiriş va tezlatiş böyiça qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni imzolandi.

Mazkur Farmon Xususiy tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun qulay şaroitlar yaratiş, ularga tovarlar işlab çiqariş va xizmatlar körsatiş uçun davlat mulki obektlarini sotişni soddalaştiriş va tezlatiş hamda strategik ahamiyatga ega bölmagan davlat mulklarini xususiylaştirişda byurokratik tösiqlarni yöqotiş, xususiy mulkka sotilgan obektlar negizida raqobatbardoş mahsulotlarni (xizmatlar) işlab çiqarişni yölga qöyiş maqsadida işlab çiqildi.

Bundan taşqari, farmonda strategik ahamiyatga ega bölmagan korxonalarni va ularning ustav fondidagi davlat uluşlarini, davlat köçmas mulk obektlarini xususiylaştiriş, şu jumladan, “nol” xarid qiymatida investitsiya kiritiş şarti bilan beriş örnatilgan talablarga muvofiqligidan kelib çiqib xususiylaştiriş töğrisidagi qarorni qabul qiliş huquqi Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlariga berilişi közda tutilgan.

Şuningdek, davlat mulkini ijaraga olgan va obektni kapital ta'mirlagan, işlab çiqariş va xizmat körsatiş böyiça asosiy vositalarni modernizatsiya qilgan, yangi iş örinlari yaratgan ijaraçilarga obektni xususiylaştiriş davrida unga birinçi navbatda xususiylaştirib olişga ustunlik huquqi beriladi.

Taklif yagona iştirokçidan tuşgan holatlarda davlat mulki obektlarini oliş-sotiş şartnomalarini tuzişga ruxsat berildi. Xususiylaştirilayotgan obekt böyiça sotib oliş tölovlarini tölaş uçun 3 yillik muddat nazarda tutilgan.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi da'vogar-rezidentlaridan tanlov savdolarida qatnaşiş uçun biznes reja va buyurtmanomadan taşqari boşqa birorta hujjatlar talab qiliş, hamda xususiylaştiriş natijalarini bekor qiliş yoki qaytadan körib çiqişni talab qiliş taqiqlanadi.

Farmonda şuningdek, davlat mulkini birjada aksiyalarni birlamçi (IPO) va ikkilamçi (SPO) sotuvga çiqariş yöli bilan xususiylaştirişga ham ruxsat berilgan.