Jahon | 20:03 / 18.01.2017
5056
2 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyadagi aviazarbalar natijasida 70dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Foto: EPA/MSF

Nigeriya harbiy-havo kuchlarining (HHK) Renn shahrida joylashgan qochqinlar lageriga qarata yo‘llangan xato aviazarbasi natijasida 70dan ziyod kishi halok bo‘ldi va 100dan ortig‘i jarohat oldi. Bu haqida Jyenevada Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlari federatsiyasi xabar berdi. TASS agentligi shu haqida ma'lumot berdi

"Qizil Xochning kamida 6 nafar ko‘ngillisi halok bo‘ldi va 13 nafari jarohat oldi, bu raqamlar ma'lumotlar yangilangani sayin oshishi ham mumkin. Gumanitar personaldan tashqari, 70 kishi halok bo‘lgan va yuzlab kishilar jarohat olgan", - deyiladi xabarda. 

Qizil Xoch Xalqaro qo‘mitasi jarrohlari jarohat olgan ko‘plab kishilarga yordam ko‘rsatishmoqda. 

Manbaga ko‘ra, Qizil Xoch tashkilotining halok bo‘lgan 6 nafar xodimi insonparvarlik yordami doirasida qochqinlarga oziq-ovqat yetkazib berish ishlarida ishtirok etayotgan bo‘lgan.  

Hozirda Rennda 90ga yaqin kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, ulardan 46 nafarining jarohati jiddiy. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, ularni "zudlik bilan Mayduguriga evakuatsiya qilish zarur".

Nigeriya harbiy qo‘mondoni, general Laki Irabor Kamerun chegarasi yaqinidagi Renn shimoli-sharqiga berilgan  aviazarba xato ketganini tasdiqlagan. 

Bundan avval aviazarba natijasida 100dan ziyod kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid