Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jurnalistlar Jyek Nikolson kinoni tark etgani haqida xabar topishdi
© AP Photo
Hollivud aktyori Jyek Nikolson kinodagi faoliyatini butunlay yakunlaydi. Bu haqda The Sun aktyorning hamkasbi va do‘sti Piter Fondaga asoslanib xabar bergan.
"O‘ylaymanki, u pensiyaga chiqadi. Uning nomidan gapirishni istamayman, ammo u yetarli darajada ko‘p ishladi va o‘zini moliyaviy jihatdan ta'minlab qo‘ydi", degan Fonda. Shu bilan birga u do‘stining qaroriga aniq sabab keltirmagan.
U shuningdek, Nikolson agar unga chindan ham qiziqarli va favqulodda rol taklif etilsa, albatta suratga olish maydoniga qaytishi mumkinligini qo‘shimcha qilib o‘tgan.
Ayni vaqtda 79 yoshda bo‘lgan Nikolson oxirgi marta 2010 yilda "Siz qayerdan bilasiz?.." nomli komedik melodrammada ishtirok etgandi. Jami 70dan ortiq filmda suratga tushgan Nikolson 12 marta "Oskar" mukofotiga nomzod bo‘lgan, 3 marta mukofot laureati bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:15 / 12.11.2020
«Article»: Turk seriallari haqida siz bilmagan faktlar
18:28 / 21.09.2020
Xorijiy kinokompaniyalar O‘zbekiston hududida qilgan xarajatlarning bir qismi qaytarib beriladi
22:41 / 25.08.2020
«Tatariston kinosi kunlari»da «Sumbul» filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
15:50 / 01.04.2020