Jahon | 22:39 / 19.01.2017
6037
1 daqiqa o‘qiladi

BAAda terakt uyushtirmoqchi bo‘lganlar qamoqqa olindi

Birlashgan Arab Amirliklaridagi (BAA) Umm-Al-Kuvayn amirligida plyaj bariga hujum qilmoqchi bo‘lgan ikki erkak BAA Federal oliy sudi tomonidan qamoq jazosiga tortildi.

24 yoshli falastinlik 30 yoshli amirlik bilan plyajdagi barga hujum qilmoqchi bo‘lgani uchun 3 yillik qamoq jazosiga tortildi. Falastinlik jazosini o‘tab bo‘lgach, deportatsiya qilinadi. Sud tergov vaqtida musodara qilingan kompyuterlarni yo‘q qilishga buyruq bergan.

BAAning yana bir 25 yoshli fuqarosi teraktni rejalashtirgani uchun 5 yillik qamoq jazosi va 272,2 ming dollarlik jarimaga tortilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid