Jahon | 19:13 / 19.01.2017
4340
1 daqiqa o‘qiladi

YeI aviadispetcherlar ish tashlashi tufayli olti yilda 12 milliard yevro yo‘qotdi

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari iqtisodiyoti 2010-2016 yillarda aviadispetcherlarning ish tashlashi tufayli 12 milliard yevrodan ayrildi. Bu haqda Le Figaro Airlines for Europe (A4E) Yevropa aviakompaniyalari assotsiatsiyasi ma'lumotlariga asosan xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, yo‘qotishlarning taxminan 59 foizi turistik sohaga to‘g‘ri kelgan. Aviakompaniyalarning o‘zi esa 6 foiz zarar ko‘rgan.

Xabar qilinishicha, assotsiatsiya vakillari bu sohadagi ish tashlash bilan bog‘liq salbiy oqibatlarni cheklash maqsadida fransiyalik aviadispetcherlarga ish tashlash boshlanishi haqida 72 soat oldin xabardor qilish majburiyatini yuklamoqchi. Aynan Fransiyada aviatsiya sohasidagi eng ko‘p ish tashlashlar kuzatiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid