15 iyun kuni Lyuksemburgda bölib ötgan Yevropa Ittifoqi taşqi işlar vazirlari kengaşi yiğilişida Rossiyaning harbiy-sanoat kompleksi, «soya floti» hamda gibrid ta’sir tarmoqlariga qarşi qaratilgan yangi çeklov çoralari tasdiqlandi.

Kaya Kallasning aytişiça, navbatdagi sanksiyalar doirasida Rossiyaning 34 nafar jismoniy şaxsi va 47 ta yuridik şaxsiga nisbatan qöşimça çeklovlar joriy etilgan. Şu bilan birga, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarşi 21-paket sanksiyalarini işlab çiqişni davom ettirmoqda va uni yaqin oylarda qabul qiliş rejalaştirilgan.

«Har bir sanksiya Rossiyaning harakat qiliş imkoniyatlarini çeklab bormoqda. Raqamlarning özi köp narsani anglatadi. Ğarb sanksiyalari Rossiyaga taxminan 1 trilliondan 1,3 trillion yevrogaça zarar keltirdi. Bu mablağlar Ukrainaga qarşi uruş olib boriş uçun sarflanmadi», — dedi Kallas.

Yiğilişda Rossiyaning Ukrainaga qarşi harbiy harakatlarida iştirok etgan şaxslarga nisbatan ham yangi çeklovlar muhokama qilindi. Xususan, Estoniya taşabbusi bilan Rossiya armiyasi safida jang qilgan şaxslarning Yevropa Ittifoqi hududiga kirişini taqiqlaş taklifi körib çiqilmoqda.

Estoniya taşqi işlar vaziri Margus Tsaxknaning ta’kidlaşiça, gap Ukrainada jang qilgan 600 mingdan ortiq rossiyalik harbiy haqida bormoqda. Ularning Yevropa xavfsizligi uçun ehtimoliy tahdid tuğdirişi mumkinligi qayd etilgan.

Kallas Yevropa Ittifoqida bunday şaxslarni aniqlaş uçun zarur razvedka ma’lumotlari mavjudligini bildirib, ularning Şengen hududiga kirişini çeklaş mumkinligini ta’kidladi.

Şuningdek, Yevropa Ittifoqi bir qator xitoylik taşkilotlarga qarşi ham sanksiyalar joriy qildi. Bryussel Pekinni Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşida muhim yordamçi omillardan biri sifatida baholamoqda.

Kallasning sözlariga köra, Yevropa davlatlari xitoylik harbiy mutaxassislar tomonidan rossiyalik harbiylarga tayyorgarlik ötkazilayotgani haqidagi ma’lumotlarni ham muhokama qilgan.

Yevropa diplomatiyasi rahbari Lyuksemburgda rossiyalik opera xonandasi Anna Netrebkoning konsertiga ham munosabat bildirdi. U Rossiya Ukrainada madaniy meros obektlariga hujumlarni davom ettirayotgan bir paytda Yevropa davlatlari rossiyalik madaniyat namoyandalari uçun «qizil gilam» yoymasligi kerakligini ta’kidladi.

Kallasning qayd etişiça, hozirça Yevropa Ittifoqida rossiyalik san’atkorlarning çiqişlarini taqiqlovçi umumiy sanksiyalar mavjud emas va har bir davlat bu masalada mustaqil qaror qabul qiladi.