17 iyun kuni Yevropa parlamentida bölib ötgan ovoz beriş jarayonida Yevroittifoq hududida qoliş huquqiga ega bölmagan xorijliklarni deportatsiya qiliş böyiça yangi reglament qöllab-quvvatlandi. Hujjat uçun 666 nafar deputatdan 418 nafari ovoz bergan, 218 nafari qarşi çiqqan, yana 30 nafar deputat betaraf qolgan.
Yangi qoidalarga köra, boşpana beriş haqidagi arizasi rad etilgan, biroq turli sabablarga köra öz mamlakatiga qaytarib yuboriş imkoni bölmagan migrantlar uçun Yevroittifoq hududidan taşqarida maxsus “qaytariş markazlari” taşkil etilişi mumkin.
Hozirça bunday markazlar qaysi davlatlarda joylaştirilişi aniq emas. Muhokamalarda Afrika davlatlari ehtimoliy variant sifatida tilga olinmoqda. Şu bilan birga, xalqaro axborot agentliklari ma’lumotlariga köra, Qozoğiston, Özbekiston, Ruanda va Uganda kabi davlatlar ham kelajakda Yevropa Ittifoqining hamkorlari sifatida körib çiqilişi mumkin.
Migratsiya qonunçiligini qat’iylaştiriş tarafdori bölgan Germaniya, Avstriya va Daniya kabi davlatlar mazkur taşabbusni faol qöllab-quvvatlamoqda.
Yangi reglament noqonuniy migrantlarga nisbatan jazo çoralarini ham kuçaytirişni nazarda tutadi. Xususan, Yevroittifoq hududini tark etiş haqidagi qarorga böysunmagan şaxslar tez-tez qamoqqa olinişi mumkin. Şuningdek, ular uçun qayta kiriş taqiqlari muntazam qöllanadi.
Qöşimça çora sifatida ayrim ijtimoiy nafaqalarni qisqartiriş yoki butunlay bekor qiliş imkoniyati ham körib çiqilmoqda.
Bryusselda uşbu çoralar rad javobini olgan migrantlarning öz ixtiyori bilan vataniga qaytişini rağbatlantiradi, deb hisoblanmoqda. Yevropa rasmiylarining ma’lum qilişiça, hozirda deportatsiya qiliş haqida qaror çiqarilgan har tört nafar migrantdan faqat biri amalda öz mamlakatiga qaytarilmoqda.
Biroq yangi taşabbus inson huquqlari himoyaçilari va ayrim siyosatçilar tomonidan tanqid qilinmoqda. Ular migrantlar uçun markazlar taşkil etilişiga qarşi emas, ammo bu muassasalarni Yevroittifoq hududida quriş kerakligini ta’kidlaşmoqda. Tanqidçilar fikriça, uçinçi davlatlardagi markazlarda saqlaş şaroitlari va inson huquqlariga rioya etilişini nazorat qiliş ança qiyin böladi.













