Jahon | 22:22 / 19.01.2017
13090
3 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Turkiya mudofaadan hujumga o‘tayotganini aytdi

Bugungi kunda Turkiya duch kelayotgan ko‘pchilik tahdidlar manbasi uning chegaralari tashqarisidadir. Bu shuningdek IShID terrorchilariga qarshi kurashga ham tegishlidir, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqarada mahalliy ma'muriyatlar rahbarlari bilan 35-uchrashuvda.

Erdo‘g‘anning aytishicha, Turkiya tartibsizlik va isyonlar tashkil etishga urinishlarga matonat bilan qarshilik qilmoqda.

"Biz tashqi kuchlar iqtisodiy bosim, teraktlar va sotqinlarning harakatlari yo‘li bilan Turkiyani zaiflashtirishlariga yo‘l bermaymiz. Biz bu xavfni murtaklik  vaqtida yo‘q qilishga tayyormiz", deb aytdi Erdo‘g‘an.    

Erdo‘g‘an Anqara Suriyaning Al-bob shahri IShID terrorchilaridan ozod qilinishi nima uchun cho‘zilayotganini yaxshi bilishini aytdi. Uning aytishicha, jangarilar Al-Bobni deyarli to‘liq tark etgan.

"Mintaqadagi Turkiyaga tahdid qiluvchi istalgan kuchlar bartaraf etiladi. Men Suriyada terrorchilardan xoli bo‘lgan xavfsizlik hududi yaratish zarurligini har doim aytib kelganman. Bu bizning huquq", deb ta'kidlab o‘tdi Erdo‘g‘an. 

Uning aytishicha, tashqi kuchlar Turkiyani parchalamoqchi, biroq Anqara erishganlari bilan to‘xtab qolmoqchi emas.

Erdo‘g‘an Turkiya iqtisodiyotiga valyuta kursini o‘zgartirish bilan zarba berishga harakat qilinayotganini aytdi. Dushmanlar Turkiyaga investitsiyalar kelishiga xalaqit qilish uchun har bir imkoniyatdan foydalanmoqda.

Erdo‘g‘anning aytishicha, Turkiyada shu kungacha so‘z va din erkinligi tahqirlanmagan.

Uning aytishicha, dushmanlar Turkiyani elatlar va diniy alomatga ko‘ra parchalay olmaydilar. "Ular terrorchilik tashkilotlari yordamida bizga ziyon yetkaza olmadilar, ular iqtisodiyot sohasida bosim o‘tkaza olmadilar. Ularda ta'sir qilish dastaklari qolmadi. Turkiya endi mudofaadan hujumga o‘tadi", deb aytdi Turkiya prezidenti.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid