Jamiyat | 12:58 / 19.01.2017
4920
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Tramp Trump University ishi bo‘yicha 25 million dollar tovon puli to‘laydi

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Trump University ishi bo‘yicha 25 million AQSh dollari miqdorida tovon pullarini to‘lab beradi. Uni firibgarlikda ayblab sudga berishgandi. Bu haqda CNN kanali xabar bermoqda.

«Trump University nomi bilan mashhur Trump Entrepreneur Initiative tashkiloti chorshanba kuni tovon pullarini to‘lab beradi», - deb xabar berdi telekanal shikoyat arizasi bilan chiqqan fuqarolar advokatiga asosan.

Ta'kidlanishicha, kelishuvga o‘tgan yilning noyabr oyida, prezidentlik saylovlaridan so‘ng kelingan. Bu saylangan prezidentning sudda guvohlik berishidan saqlab qoldi. Ma'lumot Nyu-York shtati bosh prokurori Erik Shnayderman tomonidan ham tasdiqlandi.

Trump University’ga 2013 yilda ayblovlar qo‘yilgandi. Uni o‘z talabalarini aldash orqali ularga kerakli bo‘lmagan dasturlar uchun pul to‘lashga majburlaganlikda gumon qilishmoqda.

Mavzuga oid