Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp jamoasi Rossiyaga nisbatan siyosat dasturini ishlab chiqmoqda
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp ma'muriyati, Tramp lavozimiga kirishganidan so‘ng, Rossiyaga nisbatan siyosat dasturini ishlab chiqadi. Bu haqda, AQShning BMTdagi doimiy vakili lavozimiga nomzod Nikki Xeyli ma'lum qilgan.
"Saylangan prezident va milliy xavfsizlik kengashi to‘planib, Rossiyaga nisbatan dastur ishlab chiqishimiz zarur. Ulardan nimani kutishimiz mumkin… qanday harakatlar qo‘shimcha sanksiyalarga olib keladi?", — degan Xeyli senatdagi eshituvlarda. Bu yerda uning BMTdagi doimiy vakillikka nomzodi muhokama qilingan.
Shu bilan, Xeyli senatorlarning u Rossiyaga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydimi?, degan savoliga shunday javob bergan.
Xeyli tasdiqlansa, AQShning BMTdagi doimiy vakili Samanta Pauerning o‘rnini egallaydi.
Xeyli 2011 yildan Janubiy Karolina shtati gubernatori lavozimini egallab kelgan.
Mavzuga oid
10:40
Shtaynmayyer: Yevropa Rossiya va AQShning «shafqatsizlik siyosati»ga o‘z modeli bilan javob berishi kerak
10:10
AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozi hududida Eronga yangi zarbalar berdi
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
10:03 / 11.07.2026