Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Afg‘oniston chegarasigacha bo‘lgan temir yo‘lda elektrlashtirish ishlarini olib bormoqda
O‘zbekiston janubiy qo‘shnisi bilan savdoni rivojlantirish doirasida “Qarshi-Termiz” temir yo‘lida elektrlashtirish ishlarini olib bormoqda. U Afg‘oniston bilan chegaraga chiqadi, deb xabar berdi “Karavansaray”.
Temir yo‘lni elektrlashtirish Afg‘onistonga yuklar yetkazib berishdagi sarf-xarajatlarni kamaytirish va har ikki mamlakatdagi kichik biznes korxonalari daromadini oshirish imkonini beradi.
O‘zbekiston tomonidan qurilgan “Hayraton-Mozori-Sharif” temir yo‘l tarmog‘i – Afg‘onistondagi umumiy foydalanishda bo‘lgan temir yo‘l magistrali bo‘lib, “Qarshi-Termiz” temir yo‘lining davomi deb hisoblanmoqda.
“Butun yo‘l elektrlashtirilgandan so‘ng elektrovozlar qatnovga qo‘yiladi, - degan “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi vakili Oybek Mamadaliyev. – Elektr quvvati uglevodorodli yoqilg‘iga qaraganda ancha arzon tushadi. Shuning uchun Termizga qadar yuk va yo‘lovchilarning yetkazilishi bo‘yicha xarajatlar ancha kamayadi”.
O‘zbekiston joriy yilning kuziga qadar 325 kilometrga teng yo‘lni elektrlashtirish uchun 1,4 trillion so‘m (428 million AQSh dollari) ajratdi. Bu mablag‘ning 715,2 milliard so‘mi (220 million AQSh dollari) Yaponiyadan kredit sifatida olingan.
Mavzuga oid
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
17:29 / 02.05.2026
O‘zbekiston tashqi qarzi 2025 yilda 18 mlrd dollarga oshdi. Bu rekord ko‘rsatkich
12:23 / 02.05.2026
Avstriya afg‘on muhojirlarini O‘zbekiston orqali deportatsiya qilishni rejalashtiryapti
11:34 / 28.04.2026