Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda IShIDni qo‘llab-quvvatlash aybi bilan markaziy osiyoliklar hibsga olindi
Qozog‘iston fuqarosi Axror Saidaxmetov IShID terrorchilik guruhiga ko‘mak ko‘rsatish maqsadida til biriktirishda o‘zini aybdor deb tan oldi. Bu haqda AQSh adliya vazirligi matbuot bayonotida ma'lum qilindi.
21 yoshli Saidaxmetov Nyu-Yorkda yashagan. U tergov bilan hamkorlik qilishiga qaramasdan, 15 yilga qamalishi mumkin.
AQSh prokurori Robert Keypersning aytishicha, ayblanuvchi Suriyaga borib, u yerda IShID safida jang qilmoqchi yoki AQShda terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan.
Ayblov xulosasiga ko‘ra, Saidaxmetov va uning o‘zbekistonlik sherigi Abdurasul Jo‘raboyev birgalikda Suriyaga borishmoqchi bo‘lishgan, agar bu reja amalga oshmasa, unda avtomat sotib olib, politsiyachilarni otib tashlashmoqchi bo‘lganlar. Ayblanuvchi 2015 yilda Nyu-Yorkdagi Kennedi nomidagi aeroportda ushlangan. U bu yerdan Turkiyaga uchib ketmoqchi bo‘lgan. Uning sherigi Jo‘raboyev ham o‘sha kuni qo‘lga olingan. Uning yonida ham Turkiyaga chipta bo‘lgan. Ushbu ish bo‘yicha O‘zbekistonning yana bir fuqarosi Abror Xabibov ham o‘tmoqda, u terrorchilarga pul yig‘ishga urinishda ayblanmoqda.
Mavzuga oid
19:21
“Nojo‘ya ta’sirlari haqida yetarlicha ogohlantirishmagan” - AQShda “ozdiruvchi vositalar” ustidan shikoyatlar ko‘paydi
09:52
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi «Ozodlik loyihasi» to‘xtatilishini ma’lum qildi
08:28
AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha yangi rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi
22:40 / 05.05.2026