Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asad: Turkiya Erdo‘g‘anning ishtiroki va yordami bilan neft kontrabandasiga qo‘shilgan
Turkiya IShID terrorchi guruhini moliyalashtirgan, mamlakat prezidenti Toyyib Erdo‘g‘an esa IShID bilan aloqadorlik va Suriyadan neftni kontrabanda qilishda ayblanmoqda. Yaponiyaning TBS telekanali orqali namoyish etilgan intervyuda Suriya Arab Respublikasi (SAR) prezidenti Bashar Asad ana shunday bayonot bilan chiqdi.
"Eng avvalo, agar ochiqchasiga aytadigan bo‘lsak, IShID 2006 yilda AQSh nazorati ostida Iroqda tashkil etilgan. Suriya mojarosi boshlanganidan keyin Turkiya bu tashkilotni moliyalashtirib kelgan. IShID xomashyo eksport qilish va daromad olish, shuningdek o‘z safiga yangi jangchilarni og‘dirish maqsadida Suriyaning neft maydonlaridan foydalangan. Turkiya Erdo‘g‘anning ishtiroki va yordami bilan bevosita neft kontrabandasiga qo‘shilgan", - deya ta'kidladi Bashar Asad. Shunday ekan, Asad Turkiya yoki AQShning IShID bilan real kurash olib borishini kutishga hojat yo‘qligiga ishonch bildirdi.
Manbaga ko‘ra, Asad Erdo‘g‘anning IShID va Jyebxat-an-Nusra terrorchilari bilan "go‘yoki kurashayotganini namoyish etishga urinayotgan"ini ta'kidladi, aslida esa "u bu tashkilotlarni har kuni qo‘llab-quvvatlaydi". "Uning qo‘llab-quvvatlashisiz bu tashkilotlar uzoqqa bomasdi", - deya qayd etdi Suriya prezidenti.
Shuningdek Asad o‘z rejimining fuqarolarga qarshi go‘yoki kimyoviy quroldan foydalangani haqidagi ayblovlarni mutlaqo inkor qildi.
"Bu bo‘lishi mumkin emas, hech kim o‘z xalqiga qarshi ommaviy qirg‘in qurollaridan foydalanmaydi, - dedi u. - Juda muhim ma'lumot - 2013 yilda biz kimyoviy qurolning to‘liq taqiqlanishi to‘g‘risidagi bitimni imzolaganmiz va butun arsenaldan voz kechganmiz - bizda bunday qurolning o‘zi yo‘q. Aslida kimyoviy qurolni terrorchilarning o‘zi qo‘llagan va bu ilk marta 2013 yilda sodir bo‘lgan".
Prezident shuningdek Suriya hukumati o‘shanda tergov olib borish uchun BMTdan mamlakatga maxsus komissiya yuborishni talab qilgan, lekin "bu tashabbus AQSh tomonidan bloklangan". "Chunki agar komissiya Suriyaga kelganida, ular aynan terrorchilarning bizning askarlarga qarshi xlor qo‘llaganiga aniq dalillar topgan bo‘lishar edi", - deya izoh berdi u.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
18:35 / 08.02.2026
Bashar Asad hokimiyat tepasidagi so‘nggi kunlarini o‘yin o‘ynab o‘tkazgan - OAV
17:59 / 29.12.2025
Turkiyada 3 nafar politsiya xodimi IShIDga qarshi operatsiya chog‘ida halok bo‘ldi
12:30 / 26.12.2025