Jahon | 18:34 / 20.01.2017
7953
2 daqiqa o‘qiladi

Italiyada qor ko‘chkisi ostida qolgan mehmonxonadan sakkiz kishi tirik holda topildi

Italiyalik qutqaruvchilar mamlakat markazida qor ko‘chkisi ostida qolgan mehmonxonada yana 2 kishini tirik holda topishdi. 

Shu tariqa, Italiya fuqaro mudofaasi departamenti xabariga ko‘ra, ayni damda umumiy hisobda sakkiz kishi, jumladan ikki bola tirik holda topilgan.

Rai News 24 kanalining xabar berishicha, qutqaruvchilar kishilarni xavfsiz joyga ko‘chirishni boshlashgan. Uning ma'lumotlariga ko‘ra, qor ko‘chkisi tushgandan so‘ng kishilar berkingan shipning oralig‘idan ayol kishi chiqarib olindi. Uni vertolyot yordamida kasalxonaga olib borishadi.

Qutqaruv-qidiruv ishlari tuni bilan davom etgan. Ayni damda favqulodda holat natijasida halok bo‘lganlarning rasmiy ro‘yxatida ikki kishi bor, ularning jasadi payshanba kuni chiqarib olingan. Yana ikkita jabrlangan inson qutqarib qolindi. Erkaklar ko‘chada bo‘lgan va avtomobil ichiga yashirinishgan. 

Ma'lumot uchun, favqulodda vaziyat chorshanba kuni kechqurun yuz berdi. 18 yanvarda Italiya markaziy hududlarida yuz bergan kuchli zilzila qor ko‘chkisiga sabab bo‘lgan. Buning oqibatida Rigopiano di Farindola mehmonxonasi qor uyumlari ostida qoldi.  
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid