Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘p million dollarlik firibgarliklar uchun qidirilgan o‘zbekistonlik Kiyevda ushlandi
Kiyev sudi O‘zbekistonda ko‘p million dollarlik moliyaviy firibgarliklarni amalga oshirgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini hibsga oldi. Bu haqda 19 yanvarda Kiyev prokuraturasi ma'lum qildi.
"Kiyevning mahalliy 9-sonli prokuraturasi prokurorining iltimosi bilan Solomenskiy tuman sudi tomonidan O‘zbekistonning 33 yoshli fuqarosiga ekstraditsion hibsga olish qo‘llangan", deyilgan xabarda.
Erkak qo‘lga olinganda uning yonida Dominikana va O‘zbekiston pasportlari bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, Interpol bosh kotibiyati ma'lumotlariga ko‘ra, erkak 91 mln dollarlik mablag‘larni o‘zlashtirish, 200 mln dollar va 271 ming yevrolik xorijiy valyutani yashirish, jinoiy faoliyat oqibatida olingan 77,4 mln shveysar franki (77,2 mln dollar) va 200 ming Latviya lati (302,9 ming dollar) ko‘rinishidagi daromadni legallashtirishda gumon qilinib xalqaro qidiruvda bo‘lgan.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasining mutassadi idoralaridan jinoyatchining O‘zbekistonga topshirilishi bo‘yicha tegishli so‘rov bildirilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026
Kiyevdagi otishma: «Moskvada tug‘ilgan shaxs» o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi
16:47 / 16.04.2026
Rossiya Ukraina bo‘ylab yopirilma zarba berdi – fotolar
10:35 / 03.04.2026