Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mashhur "Lambada" qo‘shig‘i ijrochisining hayoti fojiali tugadi
Braziliyalik ayol qo‘shiqchi, 1980-yillar oxirida "Lambada" qo‘shig‘i tufayli mashhurlikka erishgan Loalva Braz 64 yoshida hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar bermoqda Globo telekanali. Ayol o‘z mashinasida tiriklayin yonib ketgan.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, braziliyalik o‘t o‘chiruvchilar Rio-de-Janeyro shtatining sohilbo‘yi hududida yonayotgan avtomobil haqidagi chaqiruvga yetib kelishgan va mashina ichidan qo‘shiqchining tanasini chiqarib olishgan. Yong‘in oqibatida yon atrofdagi bir uyga ham shikast yetgan.
Avtomobilning yonib ketishi sabablari hozircha noma'lum.
Braz 1989 yildan 1998 yilgacha Kaoma fransuz guruhining yakkaxon xonandasi bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:35 / 06.07.2026
Shayxontohurda ikki qavatli do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi
10:23 / 04.07.2026
O‘rikzor bozoridagi oziq-ovqat do‘konida yong‘in chiqdi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
15:06 / 02.07.2026