Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama amerikaliklarga xayrlashuv maktubini yozdi
Bugun, 20 yanvarda o‘z lavozimini rasman tark etadigan AQSh prezidenti Barak Obama amerikaliklarga xayrlashuv maktubini yozdi. Maktub matni Oq uy saytida chop etildi.
Obamaning ta'kidlashicha, u an'anaga ko‘ra maktubni Oval xonada vorisiga qoldirmoqda va bundan avval AQShning 44-prezidenti bo‘lish sharafiga ega bo‘lgani uchun fuqarolarga minnatdorchilik bildirdi.
"Men prezident lavozimidagi vaqtimda o‘rganganlarimni sizdan o‘rgandim. Siz meni prezident va inson sifatida yaxshiroq qildingiz", deb yozdi Obama.
Obama, shuningdek, o‘z hokimiyati davrida yuz bergan voqealarni ta'kidlab o‘tdi va har bir amerikalikning mamlakat kelajagi uchun hissa qo‘shganini aytdi.
Uning aytishicha, Amerika bir odamning loyihasi emas.
"Bizning demokratiyada eng qudratli so‘z "biz" so‘zi hisoblanadi. Biz – xalq. Biz hammasini uddalaymiz. Ha, biz qila olamiz", deb yozgan Obama maktubida.
Mavzuga oid
09:25 / 18.06.2026
Obama va Trampning Eron bilan kelishuvlari nimasi bilan farq qiladi?
08:33 / 07.05.2026
Obama nima uchun AQSh o‘zga sayyoraliklarni yashira olmasligini tushuntirdi
21:30 / 06.02.2026
Tramp Obama yuzi tasvirlangan maymun videosini e’lon qildi
08:53 / 05.01.2026