Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama oxirgi ish kunida 330 nafar jinoyatchining jazosini yengillashtirdi
AQSh prezidenti Barak Obama prezidentlik lavozimidagi oxirgi ish kunida, mamlakat qamoqxonalarida jazo muddatini o‘tayotganlardan yana 330 nafariga yengillik berdi. Bu haqda, Oq uy matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Umuman, prezidentning so‘nggi qaroriga ko‘ra, giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlarning muddatlari yengillashtirilgan.
Bu so‘nggi kunlardagi eng keng qamrovli qaror bo‘lgan. Obama 18 yanvar kuni 209 kishining jazo muddatini kechiktirgan, 64 nafar jinoyatchi afv etilgan edi. Ularning orasida AQShning sobiq harbiy xizmatchisi va Wikileaks axborotchisi Bredli Menning ham bor.
Obama ma'muriyati uncha yirik partiyada bo‘lmagan giyohvand moddalar uchun jazo muddatlarini kamaytirishga harakat qildi va buning uddasidan chiqdi. 1986 yilda qabul qilingan qonunga ko‘ra, 50 gramm va undan ortiq kokainni saqlagan jinoyatchilarga 10 yildan to umrbod qamoq jazosigacha tayinlanar edi. Endilikda, 280 gramm va undan ortiq kokain yoki uning xom ashyosini saqlaganlarga uzoq muddatli qamoq jazolari tayinlanishi mumkin.
AQSh prezidentining fikricha, zo‘ravonliklarga daxldor bo‘lmagan jinoyatchilarga uzoq muddatli qamoq jazolari tayinlashdan ma'ni yo‘q, qolaversa, uning aytishicha, muddatlarni yumshatish soliq to‘lovchilar zimmasidagi yukni kamaytiradi.
Mavzuga oid
21:30 / 06.02.2026
Tramp Obama yuzi tasvirlangan maymun videosini e’lon qildi
10:31 / 06.02.2026
Venesuela parlamenti amnistiya to‘g‘risidagi qonunni bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi
08:53 / 05.01.2026
Die Zeit: BND yillar davomida Obamaning samolyotidan qo‘ng‘iroqlarni tinglab kelgan
20:46 / 10.08.2025