O‘zbekiston | 21:14 / 20.01.2017
13442
1 daqiqa o‘qiladi

"Toshkent" aeroportining yangi terminali qurilishiga 430 mln dollar sarflanadi

«Toshkent» xalqaro aeroportining yangi fuqarolik terminalining (Toshkent-4)  qurilishiga 430 mln dollari yo‘naltiriladi, deb xabar bermoqda Podrobno.uz nashri.

Avvalroq terminal loyihasi 336 mln dollardan ko‘proqni tashkil qilishi ma'lum qilingandi. Asosiy kreditor Koreyaning Eksimbanki bo‘ladi, u taxmin qilinishicha, loyiha uchun 200 mln dollar ajratadi.

Yangi terminal ikki yil davomida quriladi, uning maydoni Toshkent-2 terminalidan 2 marotaba, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish binosi hajmi esa 3 marotabaga kattaroq bo‘ladi.

Yangi terminalning tashqi ko‘rinishi dizaynerlar fikricha, yuqoridan qaraganda afsonaviy Xumo qushining yoyilgan qanotlarini eslatishi kerak. Terminal 36 samolyot uchun pirron va 1700 mashinani qo‘yish uchun avtoturargohga ega bo‘ladi. Terminal qurib bitkazilgandan keyin soatiga 1500 yo‘lovchiga xizmat qila oladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid