Jamiyat | 13:45 / 06.06.2018
3532
3 daqiqa o‘qiladi

«Turonbank» ATB Xitoyning Eksimbanki bilan jami 85,8 mln. AQSh dollarlik ikki tomonlama kelishuvlarni imzoladi

Foto: Turonbank

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil may oyida Xitoy Xalq Respublikasiga Davlat tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi hududida gidroelektrostansiyalarni qurish va modernizatsiyalash sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha Kelishuv imzolangan edi.

O‘zbekiston Respublikasida gidroelektrostansiyalarni qurish va modernizatsiya qilish dasturini amalga oshirish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 oktabrdagi PQ-3335-sonli Qaroriga muvofiq «Turonbank» ATB va Xitoyning Eksport-import banki o‘rtasida 2017 yil 30 noyabr kuni «O‘zbekgidroenergo» AJning Toshkent, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida 4 ta kichik gidroelektrostansiyalar qurish bo‘yicha loyihalarini moliyalashtirish uchun 58,5 mln. AQSh dollari miqdoridagi, muddati 20 yillik qarz kelishuvi imzolangan.

Shuningdek, Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari rahbarlarining joriy yil 8 iyun kunida bo‘lib o‘tgan Sammiti davomida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 04 yanvardagi PQ-3461 va PQ-3463 Qarorlarini amalga oshirish doirasida «Turonbank» ATB va Xitoyning Eksport-import banki o‘rtasida «O‘zbekgidroenergo» AJning Toshkent viloyatida gidroelektrostansiya qurish hamda Toshkent shahri, Andijon va Toshkent viloyatlaridagi 4 ta gidroelektrostansiyani modernizatsiyalash bo‘yicha loyihalarini moliyalashtirish uchun umumiy miqdori 85,8 mln. AQSh dollariga teng, muddati 20 yillik qarz kelishuvlari imzolandi.

Ta'kidlash lozimki, yuqorida keltirib o‘tilgan gidroelektrostansiyalarning qurilishi va modernizatsiyalanishi tugallanganidan so‘ng ularning quvvati 62,1 MVtni tashkil etadi hamda elektr quvvatini yillik o‘rtacha ishlab chiqarish miqdori 406,1mln.kVt.s.ni tashkil qiladi.

Hozirgi vaqtda «Turonbank» ATB va «O‘zbekgidroenergo» AJtomonidan Samarqand hamda Toshkent viloyatlarida joylashgan gidroelektrostansiyalarni qurish va modernizatsiyalash bo‘yicha umumiy miqdori 46,6 mln. AQSh dollariga teng yangi loyihalar tayyorlanmoqda.

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid