Janubiy Koreya Eksimbanki Özbekistonning çekka hududlaridagi 150 dan ortiq tibbiy muassasa modernizatsiyasida qatnaşadi. Bu haqda Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligida Koreya Eksimbanki moliyaviy operatsiyalar böyiça direktori Çang Yun Su boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuvda ma'lum qilindi.

Uçraşuv davomida tomonlar ikki mamlakat işbilarmon doiralarining ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirişga qiziqişi yuqori ekanligi, xususan, Koreya Respublikasi prezidenti Mun Çje Inning Özbekiston Respublikasiga davlat taşrifi çoğida erişilgan kelişuvlar muhokama qilindi.

Uçraşuv yakunlari böyiça bir qator mintaqaviy tibbiyot muassasalarini umumiy qiymati 74 million dollarga teng tibbiy uskunalar bilan jihozlaş loyihasi böyiça hamkorlik töğrisida Bayonnoma imzolandi.

Loyihaning asosiy maqsadi, respublika soğliqni saqlaş tizimining xizmat sifatini oşiriş maqsadida, viloyatlarda, asosan çekka va qişloq joylardagi 150 dan ortiq tibbiyot muassasalarini, zamonaviy yuqori texnologik uskunalar, yordamçi tibbiy materiallar va vositalar bilan ta'minlaş orqali modernizatsiya qilişdan iborat.

Uçraşuv yakunida, erişilgan kelişuvlarni hayotga tatbiq etiş böyiça keyingi amaliy işlar ham muhokama qilingan.