Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Android-smartfonidan voz kechadi
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp inauguratsiya marosimidan keyin shaxsiy mobil telefonidan voz kechishga majbur bo‘ladi. U Oq uy xavfsizlik xizmati vakillari bilan suhbatlashganidan so‘ng, yaxshiroq himoyalangan usuldan foydalanishga qaror qilgan, deb xabar qilmoqda Associated Press. Bundan tashqari, siyosatchi telefon raqamini ham o‘zgartiradi, deb yozadi The New York Times gazetasi.
Aytish joizki, Donald Tramp Twitter sahifasida bayonotlar qoldirishda Android-smartfonidan faol ravishda foydalanib kelar edi. Uning telefoni Samsung ekanini tasdiqlovchi manbalar bo‘lsa-da, modelini aniqlash imkoni bo‘lmagan.
Saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Tramp telefon raqamini topish oson edi. U jurnalistlar, yulduzlar, siyosatchilarning qo‘ng‘iroqlariga javob bergan.
Oq uy xavfsizlik xizmati xodimlarini bu holat tashvishlantirmay qolmadi, albatta. Shundan so‘ng, Tramp ular bilan maslahatlashgach, garchi bu uni tashqi dunyodan uzib qo‘yishini aytgan bo‘lsa-da, smartfonini almashtirishga qaror qilgan.
Xo‘sh, unda Barak Obama qanaqa telefondan foydalangan? Iste'foga chiqayotgan Obama BlackBerry telefonining moslashtirilgan namunasidan foydalangan va har doim ham bundan ko‘ngli to‘lmagan. Chunki, u SMS yoza olmas, ovozli xabarlar qoldirish imkoniyati yo‘q edi. Smartfonning ayrim funksiyalari xavfsizlik nuqtai-nazaridan cheklangandi. Aniqrog‘i, oddiy qo‘l telefoni kabi edi.
Shu bilan birga, Obama Oq uyda shaxsiy telefondan foydalanish huquqini himoya qila olgan ilk prezident bo‘ldi.
Mavzuga oid
09:25 / 18.06.2026
Obama va Trampning Eron bilan kelishuvlari nimasi bilan farq qiladi?
08:33 / 07.05.2026
Obama nima uchun AQSh o‘zga sayyoraliklarni yashira olmasligini tushuntirdi
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
08:55 / 23.04.2026