Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp inauguratsiyasi kuniyoq birinchi farmonlarini imzolaydi
foto: AFP
AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp inauguratsiyasi kuniyoq birinchi farmonlarini imzolamoqchi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp o‘z vakolatlaridan foydalanib, Meksika bilan chegara qurish va immigratsiyani cheklash bo‘yicha birinchi qadamlarni amalga oshirmoqchi. Bundan tashqari, u Barak Obamaning ba'zi qarorlarini bekor qilmoqchi.
Tramp, shuningdek, 21 yanvarda uni saylovoldi kampaniyasi vaqtida va saylovdan keyin keskin tanqid qilgan Markaziy razvedka boshqarmasi bosh qarorgohiga tashrif buyurmoqchi.
Tramp uchun u imzolashi mumkin bo‘lgan 200 ga yaqin farmon loyihalari tanlab olindi. Tramp ulardan eng muhimlarini tanlab oladi.
AQSh prezidenti hokimiyati cheklangan bo‘lib, uning ko‘plab farmonlarini kongress (agar mablag‘lar ajratishdan bosh tortsa) yoki sud (agar farmonni konstitutsiyaga zid deb topsa) tormozlashi mumkin. Obama o‘z vaqtida pul ajratishdan bosh tortgan kongress sababli Guantanamodagi harbiy turmani yopa olmagandi. Obamaning millionlab noqonuniy muhojirlarni qonuniylashtirish haqidagi farmonlari sud tomonidan bekor qilingan.
Mavzuga oid
03:50 / 21.01.2025
Tramp inauguratsiya marosimida: «AQSh hukumati faqat ikki jinsni tan oladi»
21:30 / 20.01.2025
Tramp inauguratsiya uchun rekord darajada ko‘p mablag‘ to‘pladi
10:28 / 18.01.2025
Donald Tramp inauguratsiya marosimini Kapitoliy ichida o‘tkazishga qaror qildi
23:15 / 04.01.2025