Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston temir yo‘llari parki yana ikkita tezyurar poyezd bilan to‘ldiriladi
O‘zbekiston temir yo‘llari parki 2017 yil mart va may oylarida yana ikkita "Talgo-250" tezyurar poyezdlari bilan to‘ldiriladi.
Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "2017-2021 yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmoni loyihasida aytilgan.
Poyezdlarni xarid qilish uchun 42 mln dollar sarflanadi. Bu mablag‘dan 26 mln dollari "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning shaxsiy mablag‘lari, 16 mln dollari esa O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot jamg‘armasiga tegishli.
"Talgo-250" poyezdlari doimiy va o‘zgaruvchan tokda ishlovchi tezyurar elektropoyezdlar bo‘lib, kuzovni bukish avtomatik tizimiga ega. Bu poyezd Ispaniyaning Patentes Talgo S.L.. kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» 2009 yilda sotib olingan ikkita AVE 250 poyezdlarini ishlatmoqda. Ayni vaqtda bu poyezdlar Toshkentdan Samarqand, Buxoro va Qarshiga yo‘nalishlarda qatnaydi.
Mavzuga oid
21:41 / 28.11.2025
Nega O‘zbekiston poyezdlariga chipta narxi qimmat?
22:20 / 13.06.2025
Andijonda temiryo‘l sisternasiga chiqqan erkakni tok urdi
21:47 / 27.05.2025
Yuk temiryo‘l stansiyalari poytaxt hududidan ko‘chirilishi mumkin
21:54 / 17.12.2024