Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston TIV rahbari Yevropa Ittifoqining Maxsus vakili bilan uchrashdi
Foto: MFA.uz
2017 yilning 20 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha Maxsus vakili Piter Burianni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida ikki tomon kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Mazkur uchrashuv 2016-yil 9-dekabrda YeXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi doirasida bo‘lib o‘tgan muloqotning davomi hisoblanadi.
Muzokaralarda O‘zbekiston va YeI hamkorligini siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda yanada rivojlantirish, shuningdek Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bilan yangi hamkorlik strategiyasini hayotga tadbiq etish jarayoni va uning samaradorligini oshirish istiqbollari batafsil ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.
Suhbatda YeI Delegatsiyasining O‘zbekistondagi rahbari, Elchi Eduards Stiprays ishtirok etdi.
Mavzuga oid
16:47 / 23.01.2026
Kaya Kallas: “Jazosizlik bo‘lmasligi kerak” - YeI tribunalga 10 mln o‘tkazdi
08:33 / 23.01.2026
Grenlandiya bo‘yicha sammit: YeI rahbarlari o‘z birdamligini ta’kidladi
17:25 / 19.01.2026
Yevropa va Lotin Amerikasi vakillari dunyodagi eng yirik erkin savdo hududi bo‘yicha kelishuv imzoladi
15:44 / 16.01.2026