Jahon | 21:41 / 20.01.2017
10967
1 daqiqa o‘qiladi

Venada hijobning taqiqlanishiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda

Avstriyaning jamoat joylarida hijob kiyishni taqiqlash taklifi ushbu mamlakat musulmonlari orasida norozilik kayfiyatini uyg‘otdi. Bu haqida "Anadolu" nashrida xabar berildi

Avstriyaning davlat va ta'lim muassasalarida faoliyat yurituvchi yuzlab musulmon ayollar Venada yangi qonun loyihasiga e'tiroz bildirish maqsadida to‘planishdi. Mamlakat tashqi ishlar vaziri Sebastyan Kurts ushbu qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlamoqda. 

Aktsiya ishtirokchilari Avstriya - demkoratik davlat ekani va unda din erkinligi ta'minlanganini aytib, hijobda yurishni taqiqlash Yevropada ksenofobiya va islomofobiyaning o‘sishiga olib kelishini ta'kidlashdi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid