Jahon | 12:43 / 21.01.2017
5010
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada qor ko‘chkisi ostida qolgan mehmonxonada omon qolgan odamlar topildi

foto: AP

20 yanvarda italiyalik qutqaruvchilar 18 yanvarda kuchli qor ko‘chkisi ostida qolgan Rigopiano mehmonxonasida 10 nafar tirik odamni topishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu haqda Italiya fuqarolik mudofaasi milliy xizmati boshlig‘i Fabritsio Kurcho ma'lum qildi.  

Ma'lum qilinishicha, 5 kishi – bir ayol va 4 bola qor ostidan chiqarib olingan, yana 5 kishi chiqarib olinishi kerak.  

Favqulodda vaziyat 18 yanvarda Gran-Sasso tog‘ massivida kechki vaqt yuz bergan. Shu kuni Markaziy Italiyada yuz bergan kuchli zilzilalar oqibatida sodir bo‘lgan qor ko‘chkisi mehmonxonani bosib qolgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, u yerda 34 kishi: 22 nafar yashovchilar, 8 nafar xodim va 4 nafar mehmon bo‘lgan.

Ma'lum qilinishicha, ayni kunga kelib Italiyada yomon ob-havo sharoiti tufayli 5 kishi, jumladan Rigopiano mehmonxonasidagi fojiada 2 kishi halok bo‘lgan.

Mehmonxonada qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid