O‘zbekiston | 15:05 / 21.01.2017
20281
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda bosh vazir o‘rinbosarlarining har biri uyma-uy yurib, vaziyatni o‘rganib chiqadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yanada oshirishga qaratilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan uchrashish va muloqot qilish maqsadida 20 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi. Davlat rahbari tashrif davomida Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Yig‘ilishda bosh vazir o‘rinbosarlariga belgilangan vazifalar bo‘yicha joylarga chiqib, uyma-uy yurib, muammolarni o‘rganish, so‘ngra televideniye orqali shu ishlar orqali targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish vazifasi yuklatildi. Har bir bosh vazir o‘rinbosariga uchtadan tuman ajratib berildi. Bu haqda Kun.uz’ning yig‘ilishda ishtirok etgan manbasi xabar berdi.   

Bundan tashqari, sog‘liqni saqlash sohasidagi katta markaz ishga tushirilishi ma'lum qilindi. U O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligiga qurib bitkazilishi belgilab qo‘yildi. Markaz zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanib, obekt qurilishidan oldin xarid qilinadi. Shuningdek, bir qator chet el davlatlaridan yetakchi olimlarni jalb qilish orqali mahalliy yoshlarga ta'lim berish jarayoni ham yo‘lga qo‘yiladi. 

Yig‘ilishda uchastka profilaktika inspektorlariga xizmat uylari qurilishi haqida ham so‘z yuritildi. Shuningdek, inspektorlarga xizmat mashinasi sifatida “Matiz” avtomobili taqdim etiladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid