Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La-liga. Ramosning dubli «Real»ga muhim uch ochkoni taqdim etdi
Ispaniya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan uchrashuvlardan biri Madridda bo‘lib o‘tdi. Peshqadam «Real» o‘z uyida «Malaga»ni qabul qilib, qiyinchilik bilan bo‘lsada, uch ochkoga ega chiqdi.
Madridliklar himoyachisi Serxio Ramosning dubliga «Malaga» futbolchisi Xuanpi Anor birgina gol bilan javob qaytardi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Real» hisobidagi ochkolar soni 43taga yetdi va jamoa yaqin ta'qibchisi «Sevilya»dan bitta ko‘p uchrashuv o‘tkazgan holda 4 ochkoga ortda qoldirmoqda. «Malaga» 21 ochko bilan 13-pog‘onani egallab turibdi.
La-liga, 19-tur
Real Madrid – Malaga 2:1 (2:0)
Gollar: Ramos (35, 43) – Anor (63).
Real Madrid: Navas, Varan, Marselo (Isko, 25), Nacho, Ramos, Modrich (Kovachich, 78), Kazemiro, Kroos, Vaskes, Ronaldu, Benzema (Morata, 82).
Malaga: Kameni, Vilyanueva, Luis, Rosales, Xuan Karlos (Demichelis, 73), Kamacho, Resio, Fornals, Anor, Chori Kastro (Xoni Rodriges, 67), Penyaranda (Santos, 79).
Mavzuga oid
21:31 / 23.02.2026
«Da Lush»dagi mojaro: Vinisiusni «maymun» deb kamsitishdi
23:19 / 11.02.2026
«Real» UYeFA bilan Superliga bo‘yicha «futbol manfaati uchun» kelishuvga erishdi
23:50 / 14.01.2026
Alonso ishdan bo‘shadi. Klasikoda yutqazgani uchun emas
02:24 / 12.01.2026