09:36 / 21.01.2017
5134

Tojikistonda 2016 yilda 30 dan ortiq terakt bartaraf etilgani ma'lum qilindi

Foto: Asia-Plus

Tojikistonda 2016 yilda IShID kabi terrorchilik guruhlari a'zolari sodir etmoqchi bo‘lgan 36 ta terakt bartaraf etilgani ma'lum qilindi.  

Tojikiston ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda respublikada terakt sodir etmoqchi bo‘lgan 50 dan ko‘proq kimsa hibsga olingan.  

"Hukumat idoralari va tinch aholiga qarshi sodir etilmoqchi bo‘lgan 36 ta terakt bartaraf etildi", deb ma'lum qildi Tojikiston ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda.

Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda mamlakatda terrorchilik tashkilotlarida a'zolikka gumon qilinib 400 dan ko‘proq odam qo‘lga olingan. 

Rahimzodaning aytishicha, 2016 yilda IShID safiga 40 odam qo‘shilgan. Ma'lum qilinishicha, bu miqdor 2015 yildagidan ancha kamroq bo‘lgan. Vazir bu holatni hokimiyat idoralari va huquq-tartibot muassasalari aholi o‘rtasida olib borayotgan profilaktika ishlari bilan bog‘lamoqda.

Vazir IIV Suriyaga olib chiqib ketilib, so‘ngra u yerda o‘ldirilgan ayollar va erkaklarning ko‘pchiligining taqdiri haqidagi ma'lumotlarga ega emasligini aytdi. "Biroq biz bilan bog‘lanishga uddasidan chiqqanlar turli yo‘llar bilan ortga qaytarilganlar", deb qo‘shimcha qildi vazir. 

IIV ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilda Suriya va Iroqdan 22 kishi, 2015 yilda esa 80 kishi qaytarilgan. Terrorchilik, ekstremizm va jinoiy guruhlarni tashkillashtirishda gumon qilingan 300 ga yaqin kishi mamlakatdan chiqarib yuborilgan.

Top