Pokiston poytaxti Islomoboddagi masjidda 6 fevral kuni kuçli portlaş röy berdi. Sönggi ma’lumotlarga köra, 31 kişi halok böldi, 200 nafarga yaqini jarohatlandi.
Politsiyaçilar aniqlik kiritişiça, portlaş juma namozidan keyin sodir etilgan.
Mahalliy naşrlarga köra, masjidning kiriş qismida şubhali şaxs töxtatilganida, uning badaniga örnatilgan portlovçi qurilma harakatga keltirilgan.
«Terrorçi darvoza oldida töxtatilgan va u özini portlatib yuborgan», – degan AFP manbasi anonimlik şarti bilan.

Ötgan yil noyabrida Islomobodda röy bergan portlaş oqibatida 12 kişi halok bölgandi. Politsiyaçilar şahar sudi binosi yaqinida röy bergan portlaşni xudkuş tomonidan sodir etilgan terakt deb baholagandi.
Öşanda portlaş uçun javobgarlikni heç bir guruh öz zimmasiga olmagan, ammo CNN manbalari bu hujum «Tolibon»ga aloqador jangarilar tomonidan amalga oşirilganini ma’lum qilgandi.
Şialar 241 million aholiga ega uşbu mamlakatda diniy ozçilikni taşkil etadi, uşbu qatlam oldin ham köp marta bu kabi hujumlar nişoniga aylangan.
Ammo mamlakat poytaxtida portlaşlar kam uçraydigan holat hisoblanadi. Boş vazir Şahboz Şarif uşbu teraktni qoralab bayonot berdi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Islomobod şahridagi masjidda sodir bölgan terrorçilik harakati oqibatida köplab insonlarning halok bölgani hamda jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy va boş vaziri Şahboz Şarifga ta’ziya yölladi. Davlat rahbari Pokiston xalqiga, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlar tez fursatda soğayib ketişini tiladi.












