Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQSh tarixida eng keksa prezident bo‘ldi
70 yoshli Donald Tramp 20 yanvarda AQSh kongressida qasamyod qabul qilib, AQSh tarixidagi eng keksa prezidentga aylandi.
Tramp oxirgi 60 yil ichida Oq uyga siyosatdan kelmagan birinchi fuqaro bo‘ldi.
Trampdan qasamyodni AQSh Oliy sudi bosh sudyasi Jon Roberts Kapitoliy binosining g‘arbiy tomonida qabul qildi.
"Biz ko‘p yillarga Amerika va butun dunyo yo‘lini belgilaymiz", deb aytdi Tramp.
Tramp AQSh o‘z turmush tarzini boshqa davlatlarga suqishtirmasligini, biroq ular uchun o‘rnak bo‘lmoqchiligini aytdi.
Trampning "Amerikani yana buyuk qilamiz!" shiori oddiy amerikaliklar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. U Barak Obama tomonidan taklif qilingan sog‘liqni saqlashdagi islohotlarni to‘xtatishga va xitoylik ishlab chiqaruvchilar mahsulotiga soliqlarni oshirishga va'da bergan.
Mavzuga oid
18:38 / 27.10.2025
Kamerunda dunyodagi eng keksa prezident sakkizinchi muddatga qayta saylandi
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020