20:34 / 21.01.2017
5529

Trampning soliq deklaratsiyasini chop etish talab qilingan arznoma bildirildi

Foto: Getty Images

AQShning yangi prezidenti Donald Trampning to‘liq soliq deklaratsiyasini chop etish talab qilingan arznoma Oq uy tomonidan ko‘rib chiqilish uchun yetarli imzo to‘pladi.

Arznomalar rasmiy saytida ushbu arznomani 108 ming kishi imzolagan.

Arznoma mualliflari Trampning AQSh prezidenti lavozimidagi faoliyatida manfaatlar ziddiyati yo‘qligini aniqlash uchun Trampning soliq ma'lumotlari chop etilishini talab qilmoqdalar.

Arznoma to‘plagan ovozlar uning Oq uy tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun yetarlidir, biroq Oq uy unga javob berish yoki uni qanoatlantirishga majbur emas. 

O‘tgan yili Nyu-Yorkning sobiq meri Rudolf Juliani Tramp 20 yil davomida soliqlar to‘lashdan qochib kela olgani uchun uni daho deb atagandi.

Top