Jahon | 23:52 / 22.01.2017
7410
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda tornado tufayli halok bo‘lganlar soni 15 kishigacha oshdi

AQShda tornado tufayli halok bo‘lganlar soni 15 kishigacha oshdi, deb xabar bermoqda The Weather Channel nashri. 

Jumladan, Jorjiya shtatida tabiiy ofatdan 11 kishi halok bo‘ldi va 23 kishi jarohat oldi. Mahalliy aholi punktlaridan birida 2 kishi tornado o‘tib ketishini o‘z uyida poylash vaqtida halok bo‘lgan, shamol uyni uchirib ketgan.

Tornado 21 yanvardan beri to‘xtamayapti. Missisipi gubernatori Fil Brayant o‘z shtatida favqulodda vaziyat tartibini e'lon qildi, u yerda 50 kishi turli jarohatlar olgan. Ma'lum qilinishicha, Missisipining o‘zida sug‘urta to‘lovlari 200 mln dollardan kam bo‘lmagan miqdorni tashkil qiladi. 

Tabiiy ofat shuningdek Luiziana, Alabama, Texas shtatlarini ham qamrab olgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid