13:40 / 22.01.2017
13319

Andijon viloyati o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining virtual qabulxonasi ishga tushdi

Andijon viloyati o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasi www.akhtbportal.uz elektron manzilida rasmiy virtual qabulxonasini ishga tushirdi.  Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar boshqarma boshlig‘iga mazkur virtual qabulxona orqali o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi va soha bilan bog‘liq muammolar hususida ariza, murojaat, taklif hamda tavsiyalarni elektron shaklda yo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 
Foydalanuvchilar www.akhtbportal.uz  manziliga kirib, maxsus shaklni to‘ldirish orqali Andijon viloyati o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasi boshlig‘iga o‘z arizalari, shikoyatlari va takliflarini taqdim etishlari, boshqarmaning  (0 374) 228-1002 raqamli “ishonch telefoni” hamda elektron pochta manziliga ham murojaat qilishlari mumkin.     

Elmurod Ermatov, Andijon.
 

Mavzuga oid
Top