Jahon | 17:46 / 22.01.2017
7340
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Tramp bilan Turkiyaning Yaqin Sharqdagi rolini muhokama qiladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQShning yangi prezidenti Donald Tramp bilan Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilish niyatida ekanini bildirdi. U Qo‘shma Shtatlarga rejalashtirayotgan tashrifi chog‘ida ayni masalaga e'tibor qaratadi, deb xabar qilgan RIA Novosti agentligi.

«Turkiya Yaqin Sharq mamlakatlarining hududiy yaxlitligi tarafdori va mintaqa xaritasini o‘zgartishlarga urinishni qo‘llab-quvvatlamaydi. Hozirda, mening Vashingtonga tashrifim imkoniyati o‘rganilmoqda. Albatta, Tramp bilan muzokaralarda bu masalalarni batafsil muhokama qilishni xohlayman», — degan Erdo‘g‘an. 

«Turkiyani Trampning ushbu mintaqa bo‘yicha qarashi qiziqtirishi tabiiy. Bugungi kunda bu mintaqa alanga domida qolmoqda. Turk rahbariyatiga ayrim ma'lumotlar kelib tushmoqda va bu Anqarani tashvishlantiradi. Bularning barchasini muhokama qilish kerak», — degan Turkiya yetakchisi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya mintaqaning eng kuchli va ta'sirli davlatidir, shu boisdan, Yaqin Sharq bo‘yicha qarorlar Anqara bilan muhokama qilinishi lozim. 

«Agar mintaqaga aloqasi yo‘q kimdir, uning o‘ziga xos jihatlariga e'tibor bermasdan  qaror qabul qilsa, bu insoniyat taqdiriga salbiy ta'sir ko‘rsatadi», — deya xulosa qilgan Erdo‘g‘an.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid