Uruş köproq iqtisodiy özanda ketmoqda. Eronning bilgani – Tramp katta quruqlik operatsiyasi ötkazmaydi, ötkaza olmaydi.

Demak, kelişuv izlaşdan boşqa çora yöq. Albatta, Tramp özining mağlubiyatini tan olmaydi, lekin butun dunyo uning rejasi amalga oşmaganiga guvoh böldi. Tramp qançalik muzokara va murosa izlayotgan bölsa, bir davlat borki, uruş töxtab qolganidan şunçalik norozi. Bu – Isroil.

Isroilning Livanga hujumlari, harbiy yurişlari dunyo matbuotidagi eng asosiy voqea bölib qolmoqda. Tramp qançalik Eron bilan kelişuv izlasa, Isroil şunçalik Livanga qaqşatqiç hujumlar qildi. Maqsad – Livan orqali, “Hizbulloh” orqali Eronning jahlini çiqariş va AQŞ–Eron kelişuvlarini buzib taşlaş.

Xöş, Isroil nimadan norozi, nimadan qörqmoqda? Axir agar AQŞ Eron bilan kelişa olmasa, dunyo iqtisodiyotiga katta zarar böladi-ku? Tramp va uning respublikaçilar partiyasi öz mavqeyini yöqotadi-ku? Global maydonda AQŞ yanada obröysizlanib, bu Isroilga ham bilvosita salbiy ta’sir qiladi-ku?

Yöq, Isroil elitasi unday deb öylamaydi. Isroilning nuqtayi nazari uning siyosatçilari, ekspertlari va faollarining OAVdagi çiqişlaridan ma’lum. Isroilning qaraşlari quyidagiça.

Birinçidan, AQŞ – iqtisodiy va demografik jihatdan juda qudratli davlat. Ön minglab askarlarning ölişi – bu davlatning zaiflaşib qolişiga, sinişiga olib kelmaydi. Misol uçun, AQŞ Vetnamda yutqazdi, Afğoniston va Iroqda töliq ğalaba qozona olmadi. Lekin bu uruşlar AQŞning global qudratini demontaj qilmadi. AQŞ iqtisodiy, harbiy, demografik jihatdan baribir qudratli davlat bölib qolaveradi. Şuning uçun AQŞ Eronga katta uruş qilsa, ha, zarar köradi, lekin yiqilmaydi. Biroq AQŞ tölaqonli uruş qilsa, bu Eronning yiqilişiga olib kelişi mumkin. Şuning uçun Isroil AQŞ Eronga qarşi tölaqonli uruş qilişini orzu qilib qolaveradi. Tramp, respublikaçilarning reputatsiyasi, mablağlar va amerikalik askarlarning ölimi – Isroil uçun asosiy omillar emas.

Ikkinçidan, AQŞ va Isroilning hujumi sabab Eron Hörmuz böğozini özining töliq va rasmiy nazoratiga olmoqda. Bu – Isroil uçun eng noxuş ssenariy. Sababi oddiy: Eron Hörmuz böğozini özining rasmiy nazoratiga olar ekan, Tehron dunyo davlatlariga, jumladan AQŞga ham çeksiz bosim ötkaza oladi. Jumladan, xuddi hozirgi Livanga hujumlar sabab, Isroilga AQŞ bosim qilişini odatiy instrumentga aylantirib olişi mumkin.

28 fevralidagi uruşga qadar Yaqin Şarqda hamma Isroilni asosiy agressiv qudrat sifatida körgan bölsa, Hörmuz böğozi orqali Eronning mintaqaviy va global maqomi özgaradi. AQŞning ittifoqçilari bölgan arab davlatlari ham Eron bilan köproq hisoblaşib boşlaydi. Demak, Isroil mintaqaviy gegemonlikni yöqotib boşlayapti. Şu sabab, “va-bank” qilib, AQŞni Eron bilan uruşga töqnaştiriş – Isroilning bugungi kundagi eng katta orzusi. Biroq Tramp Netanyahuga bu safar nafaqat yöq dedi, balki Livandagi uruş sabab Isroil boş vazirini sökib ham berdi.