O‘zbekiston | 03:26 / 22.01.2017
10199
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda yangi ishlab chiqarish korxonalarini yaratish orqali 50 ming kishi ish bilan ta'minlanadi

Foto: Prezident.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 yanvar kuni Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurib, u yerdagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi va xalq vakillari bilan muloqotda bo‘ldi. Shuningdek rahbar mutasaddilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ularda bir qator muhim masalalar ko‘tarildi. Bandlikni ta'minlash shular jumlasidandir. 

"Yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta'minlash, investitsiyalar jalb qilishni oshirish, sanoat va qishloq qurilish sohasidagi jami 10 trillion so‘mni tashkil etgan ishlab chiqarish korxonalarini yaratish orqali 50 ming kishini ish bilan ta'minlash ko‘zda tutilgan". 

Dastur ijrosi - 2017-2021 yillar mobaynida iqtisodiy o‘sish 1,5-1,8 barobarga oshiriladi. 

Hududda investitsiya jalb etish maqsadida Mo‘ynoq, Shumanay, Qonliko‘l, Taxtako‘pir, Qorauzak, Chimboy tumanlarida yangi yaratiladigan kichik biznes korxonalariga juda katta soliq imtiyozlari beriladi. 

Shuningdek Qoraqalpog‘istonda transport, muhandislik, kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholining turmush darajasi va sifatini yaxshilashga qaratilgan juda keng qamrovli tadbirlarni amalga oshirish ham ko‘zda tutilgan. 

Dasturning amalga oshirilishi Orolbo‘yi hududida turmush darajasi, ekologik holatni yaxshilash va uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun juda keng imkoniyatlar yaratadi. 

Bundan tashqari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida vazirlar mahkamasi qarori qabul qilindi. Ushbu dasturga muvofiq, 2017-2021 yillarda 124 million dollar hamda 321,7 milliard so‘m sarflanishi ko‘zda tutilgan. Ikkala qarorning ijrosini samarali va belgilangan muddatlarda ta'minlash uchun bosh vazir A.Aripov va bosh vazir birinchi o‘rinbosari Ramatov boshchiligida alohida respublika ishchi guruhlari tashkil etildi", - dedi Prezident. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid