Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda ta'lim tizimi, ilm-fan va madaniyat rivojiga 522 milliard so‘m safarbar etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 yanvar kuni Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurib, u yerdagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi va xalq vakillari bilan muloqotda bo‘ldi.
Ta'lim tizimi, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirish borasida jami 522 milliard so‘mni tashkil etgan 15 loyiha amalga oshirilishi - kam ta'minlangan oila farzandlari, maktabgacha ta'lim muassasalarida (MTM) tarbiyalanish qamrovini ikki marotaba oshirish imkonini beradi.
250 MTMni qurish, kapital va qayta ta'mirlash hisobiga qo‘shimcha yana 40 mingga yaqin bola maktablarda ta'lim olish imkoniga ega bo‘ladi. Shu bilan birga ushbu hududda joylashgan MTMlarga ota-onalarning oylik to‘lovi ikki barobarga kamaytiriladi.
Barcha tumanlarda suv havzalari, 2 teatr va 87 madaniy markazni qurish va qayta ta'mirlash natijasida aholining dam olish sharoitlarini yaxshilash ko‘zda tutilgan.