Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obamaning oddiy fuqaro sifatidagi birinchi kuni qanday o‘tdi?
Foto: Daily Mail
AQShning 44-prezidenti Barak Obama vakolatini topshirgan kunining ertasiga oddiy fuqaro sifatida golf maydonchasiga yo‘l oldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Obama 21 yanvar ertalab Kaliforniya shtatida, o‘z rafiqasi bilan to‘xtagan joy yaqinidagi sport-klubga tashrif buyurdi. Obama golf o‘ynash uchun Porcupine Creek Golf Club golf-klubining 18ta chuqurchali maydonini tanladi. Bu maydon shtatdagi eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. Bu vaqt davomida sobiq prezidentdan sal nariroqda uni xavfsizlik xizmati xodimlari kuzatib turishgan.

Golf-maydoni egasi Oracle korporatsiyasi boshlig‘i, milliarder Larri Ellison hisoblanadi. Bu klubning a'zosi bo‘lish uchun taklifnoma kerak.
Nashrning ta'kidlashicha, Obama bu yerda avval ham golf o‘ynagan.


Mavzuga oid
08:33 / 07.05.2026
Obama nima uchun AQSh o‘zga sayyoraliklarni yashira olmasligini tushuntirdi
00:10 / 25.04.2026
AQShda 60 metr balandlikdan yiqilgan ayol tirik qoldi
21:30 / 06.02.2026
Tramp Obama yuzi tasvirlangan maymun videosini e’lon qildi
13:07 / 24.01.2026