Jahon | 16:02 / 22.01.2017
24595
2 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko: Rossiyaning maqsadi faqat Qrim emas, balki butun Ukraina

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Kiyevning Donbassdan voz kechishiga doir ayrim siyosatchilar bildirgan g‘oyani jiddiy ravishda tanqid qildi, deb xabar qilmoqda «Interfaks-Ukraina». Davlat rahbari Ukraina birdamligi kuni munosabati bilan Kiyevda bo‘lib o‘tgan tantanada shu haqda so‘z yuritgan.

«Bu haqda Birdamlik kunida gapirish qanchalik achinarli bo‘lmasin, biroq, bizda shunday siyosiy kuchlar borki, ular Donbassdan voz kechish g‘oyasini bizga yashirincha taklif qilmoqda», — degan Ukraina rahbari. 

Poroshenko bunday siyosatchilarga: «Janoblar, siz nima, bu hududlarni yig‘ib chiqqan edingizmi, tarqatishni xohlaysiz?», degan savol berish niyatida ekanini ta'kidlagan.

Ukraina rahbariga ko‘ra, bu siyosiy kuchlar «bosib olingan hududlardagi aholi bilan, go‘yoki ular, allaqachon, Ukraina fuqarolari emasdek muomala qilishga undaydi».

«Bunday strategiya yuz foiz tinchlikka olib kelmaydi. Rossiyaning maqsadi — Donetsk yoki Lugansk emas, Rossiyaning maqsadi — faqatgina Qrim yoki Sevastopol ham emas, balki butun Ukrainadir», — deya qo‘shimcha qilgan Poroshenko.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid