O‘zbekiston | 03:16 / 22.01.2017
17646
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev: "Yolg‘iz yashovchi fuqarolar va imkoniyati cheklangan kishilarga moddiy ko‘mak berishning yangi turi joriy etiladi"

Ma'lumki, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasida xalq vakillari va faollar bilan uchrashdi. Uchrashuvda bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. 

"Qoraqalpog‘iston aholisini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish dasturiga ajratilayotgan moliyaviy yordamni miqdori 1,5 barobar oshirish hisobiga kam ta'minlangan oilalar va qariyalarni ijtimoiy tomondan qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish ko‘zda tutilgan. 

Yolg‘iz yashovchi fuqarolar va nafaqa oluvchi imkoniyati cheklangan insonlar boshqaradigan oilalarning eng kam ish haqining 2 dan 5 martagacha bo‘lgan moddiy ko‘mak berishning yangi turi joriy etiladi. 

Bu ikki hudud aholisi uchun havo yo‘llari va temir yo‘l transporti yo‘lkira narxlari amaldagi narxlarga nisbatan ikki karra arzonlashtirildi. Orolbo‘yi aholisini ijtimoiy himoyalash tadbirlarini amalga oshirish uchun 2017 yilning o‘zida jami xarajat 56,8 milliard so‘mni tashkil etadi"- dedi davlatimiz rahbari.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid