21:03 / 22.01.2017
11373

Trampga qarshi namoyishlar fotosuratlarda

Donald Tramp inauguratsiyasining ertasiga AQSh ko‘chalariga 1 mln kishi unga qarshi namoyishlarga chiqdilar, deb xabar bermoqda CNN telekanali. Bunday raqamlar huquq-tartibot muassasalari tomonidan berilgan. Biroq aksiya tashkilotchilarining aytishicha, bu miqdor 2,2 mln kishini tashkil qilgan. Bundan tashqari, bu raqamlarga Vashington ko‘chalariga chiqqanlar qo‘shilmagan. Aynan u yerda Trampga qarshi eng ommaviy aksiya o‘tgan va unda kamida 600 ming kishi ishtirok etgan.

Boshqa ommaviy namoyishlar Sietl, Boston, Nyu-York, Chikago, Los-Anjyelesda o‘tgan.

OAVning e'tiborini nafaqat AQShda, balki Vena, Parij, London, Berlin, Rim, Tokio, Sidney kabi dunyoning boshqa shaharlarida Trampga qarshi "ayollar marshi"ning o‘tkazilishi tortdi.

Ko‘chalarga chiqqanlarning aytishicha, ular avval siyosatga qiziqmaganlar, biroq "yaqinda o‘tgan saylovlar ularni o‘z fuqarolik pozitsiyalarini bildirishga majbur qilgan". 

AP
AP
AP
AP
Reuters 
Reuters 
Reuters 
Reuters 
Reuters 
AP  
AP  

Trampga qarshi chiqqanlar orasida faollar, aktrisalar, siyosiy arboblar bo‘ldi. Sahnaga aktrisa Skarlett Yoxansson, rejissyor Maykl Mur, Vashington meri Myuriel Bouzer va amerikalik huquq himoyachisi Anjyela Devis kabilar ko‘tarildilar.

Mavzuga oid
Top