Jahon | 21:29 / 22.01.2017
6861
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada granatomyotdan nishonga olishda gumon qilinuvchi qo‘lga olindi

Turkiya politsiyasi Xavfsizlik boshqarmasi va hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi idorasini o‘qqa tutishda gumon qilinayotganlardan birini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi. Hujum 20 yanvar kuni Istanbulda amalga oshirilgan edi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Gumonlanuvchi mamlakat shimoli-g‘arbidagi Tekirdog‘ viloyati hududida qo‘lga olingan. Uni hibsga olish vaqtida yonidan o‘qotar qurol va granata topilgan. Huquq-tartibot idoralari 21 yanvar kuni ushbu jinoyat bo‘yicha gumonlanib, qo‘lga olingan 5 kishini so‘roq  qilishni davom ettirmoqda. 

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, ushlangan shaxs Inqilobiy xalq-ozodlik fronti ekstremistik tashkiloti faolidir. Hozircha, hech bir terrorchilik tashkiloti o‘qqa tutish jinoyatlari uchun javobgarlikni zimmasiga olmagan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid