Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boku: Tog‘li Qorabog‘ hech qachon mustaqil bo‘lmaydi
Rasmiy Boku Ozarboyjon hududida ikkinchi uydirma arman davlati paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi, degan Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev. U Boku yaqinidagi yangi harbiy shaharcha ochilishida shu haqda so‘z yuritdi, deb xabar qilmoqda Anadolu axborot agentligi.
Aliyevning qayd etishicha, Armaniston BMT Xavfsizlik kengashi va xalqaro tashkilotlarning Ozarboyjon hududlarini okkupatsiya qilishga barham berish bo‘yicha rezolyutsiyalarini inkor etmoqda.
«Tog‘li Qorabog‘ mojarosini hal etish juda oson. Birinchidan Ozarboyjon hududiy yaxlitligi tiklanishi kerak. Tog‘li Qorabog‘ga hech qachon mustaqillik berilmaydi. Agar kimdir shuni kutayotgan bo‘lsa, bekor qiladi. Bunday bo‘lmaydi!», - deb ta'kidlagan Aliyev.
Tog‘li Qorabog‘ mojarosi 1988 yilda Armanistonning Ozarboyjonga hududiy da'volari natijasida kelib chiqqan. Tog‘li Qorabog‘ va uning 7 tumanini Armaniston Qurolli kuchlari egallab olgan.
BMT Xavfsizlik kengashining Ozarboyjonning egallab olingan hududlarini tark etish bo‘yicha 4ta rezolyutsiyasi Armaniston tomonidan bajarilmayapti.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
14:14 / 22.06.2026
Ozarboyjon elchisiga «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi
19:01 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
09:45 / 15.06.2026