Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada islomofobiyaning o‘sishi qochqinlar oqimi bilan bog‘langani haqida fikr bildirildi
Borgan sari ko‘proq olimlar o‘zlarining tadqiqotlarini Yevropada irqchilikning jadal o‘sishiga ta'sir qilayotgan omillar, bu hodisaning sabablari, irqchilik tendensiyalarining oldini olish bo‘yicha choralarni o‘rganishga bag‘ishlashmoqda.
Oxirgi yillar Yevropaning ko‘plab davlatlarida, jumladan Germaniya, Buyuk Britaniya va Niderlandiyada ultrao‘ng partiyalari va harakatlari paydo bo‘lgan.
Yevropada islomofobiyaning o‘sishiga ko‘plab omillar, jumladan qochqinlar oqimi ta'sir qilgan, deb aytdi "Anadolu" axborot agentligiga Qatar universiteti muallimi Piter Polak Springer.
"Yevropa uning chegaralari oldida o‘n minglab muhojirlar to‘planib qolganida o‘zining asl yuzini ko‘rsatdi. OAVda irqchilik mazmunidagi materiallar paydo bo‘la boshladi, ular bo‘layotgan voqealarni bo‘rttirib ko‘rsatishi oqibatida islomofobiya yuzaga keldi", deb aytmoqda Springer.
Uning aytishicha, ksenofobiya va muhojirlarga salbiy munosabat asosan Sharqiy Yevropa davlatlarida kuzatilmoqda. Bunday tendensiyalar Yevropaga muhojirlar kela boshlagandan keyin paydo bo‘ldi, deb hisoblamoqda mutaxassis.
Mavzuga oid
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
14:07 / 11.06.2026
Yevropada AQShga ishonch tarixiy minimumga tushdi
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:17 / 10.06.2026