Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, Yevropa robotaksi texnologiyalari böyiça AQŞ va Xitoydan ortda qolib ketgan. Şu bois Yevroittifoq avtonom transport vositalari sinovlarini tezlaştiriş orqali bu sohadagi raqobatbardoşlikni oşirişni maqsad qilgan.

Yangi taşabbus doirasida kompaniyalar har bir davlatdan alohida ruxsat oliş örniga, bir neçta mamlakat hududida soddalaştirilgan tartib asosida sinovlar ötkaziş imkoniyatiga ega böladi. Bu robotaksi texnologiyalarini amaliyotga joriy etiş muddatini sezilarli qisqartirişi kutilmoqda.

Foto: AP

London, Myunxen va Zagreb robotaksi markazlariga aylanmoqda

Avtonom taksilar böyiça dastlabki yirik sinovlar allaqaçon Yevropa şaharlarida boşlanmoqda. Xususan, Xorvatiya poytaxti Zagrebda Pony.ai kompaniyasi iştirokida robotaksi loyihasi yölga qöyildi.

Londonda esa bir vaqtning özida Waymo, Wayve va Baidu kabi yirik kompaniyalar robotaksi sinovlarini boşlaşga tayyorgarlik körmoqda. Uber ham Britaniyaning Wayve startapi bilan hamkorlikda Londonda avtonom taksi xizmatini işga tuşiriş uçun foydalanuvçilarni röyxatdan ötkazişni boşlagan.

Germaniyaning Myunxen şahri esa Uber va Autobrains kompaniyalarining robotaksi dasturi uçun birinçi maydon sifatida tanlangan.

Yevropa AQŞ va Xitoyga yetib olişga urinmoqda

Xalqaro energetika agentligi ma’lumotlariga köra, 2025 yil yakunida AQŞ va Xitoydagi robotaksi parklari ikki baravardan köproq ösib, 8 mingtadan ortiq avtonom avtomobillarga yetgan. Ular 20 dan ziyod yirik şaharda xizmat körsatmoqda.

Yevropada esa robotaksi loyihalari turli regulyator çeklovlari sabab bir neça yil keçikkan. Yangi qarorlar ana şu ortda qolişni bartaraf etişga qaratilgan.

Tahlilçilarning fikriça, agar rejalar muvaffaqiyatli amalga oşirilsa, yaqin yillarda Yevropa şaharlarida haydovçisiz taksilar odatiy transport vositasiga aylanişi mumkin.